Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi portlashlarda qurbonlar soni 2 kishiga yetdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev shifoxonalarga yotkizilgan yaradorlarni ziyorat qildi. Shuningdek, qo’shni tumanlarda tashkil qilingan evakuatsiya punktlaridagi aholini ziyorat qilib, ularning sharoiti haqida ma’lumot oldi.

1224564
Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi portlashlarda qurbonlar soni 2 kishiga yetdi

 

Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahridagi harbiy zonada sodir bo’lgan portlashlarda qurbonlar soni 2 kishiga yetdi. Yaradorlar soni esa 89 nafarni tashkil qiladi.

Qozog’iston sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Turkistonning Aris shahrida davlat qurolli kuchlariga oid o’q-dori omborida ro’y bergan yong’in va ortidan sodir bo’lgan kuchli portlashlar oqibatida 2 kishi halok bo’ldi. Jabrlangan 89 kishidan 18 nafari yosh bola.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev shifoxonalarga yotkizilgan yaradorlarni ziyorat qildi. Shuningdek, qo’shni tumanlarda tashkil qilingan evakuatsiya punktlaridagi aholini ziyorat qilib, ularning sharoiti haqida ma’lumot oldi.

Eslatish joizki, kecha 24 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:00da 44 mingdan ortiq aholi yashaydigan Aris shahri yaqinidagi harbiy qismda o‘q-dori ombori portladi.

Hodisa tufayli 39 mingdan ortiq aholi qo’shni tumanlarda tashkil qilingan evakuatsiya punktlariga joylashtirilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashda qurbonlar soni 2 kishiga yetgan. 90 ga yaqin kishi jarohat olgan.

 



Aloqador xabarlar