Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya elchisidan ishonch yorlig’ini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Mehmet Sureyya Erni samimiy tabriklab, unga masʼuliyatli diplomatik missiyani bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.

1182923
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya elchisidan ishonch yorlig’ini qabul qildi

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Mehmet Sureyya Erdan ishonch yorlig’ini qabul qildi.

Prezident elchini samimiy tabriklab, unga masʼuliyatli diplomatik missiyani bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Ta’kidlash joizki, Turkiya katta siyosiy, iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega davlat. Keyingi paytda Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasining oʻzaro hurmatga asoslangan koʻp qirrali aloqalari strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilda Turkiyaga davlat tashrifi hamda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdoʻgʻanning oʻtgan yili Oʻzbekistonga davlat tashrifi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.

Bugungi kunda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yirik qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda oliy darajadagi Oʻzbekiston–Turkiya strategik sheriklik kengashi birinchi yigʻilishining oʻtkazilishi koʻp qirrali munosabatlarning yanada rivojlanishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.

 



Aloqador xabarlar