Jahon halol turizm reytingi e’lon qilindi: O‘zbekiston IHT mamlakatlari yigirmataligiga kirdi

Dunyoning eng nufuzli halol reytinglaridan biri “MasterCardCrescentRating” 2019-yilgi jahon musulmon sayyohlik indeksi hisobotini e’lon qildi, deb xabar berdi “Muslimaat.uz” Telegram kanali.

1181250

Reytingda birinchi uchlikka Malayziya, Indoneziya va Turkiya kiritilgan bo‘lib, keyingi o‘rinlarga Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Marokash, Bahrayn kabi mamlakatlar munosib ko‘rilgan. Yana bir quvonarli jihati shundaki, O‘zbekiston halol turizm iste’molchilarini qabul qiluvchi IHT mamlakatlari orasida birinchi o‘nlikka kirgan. Shuningdek, reytingda Sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlaridan Qozog‘iston 24-o‘rinni, Qirg‘iziston 29-o‘rinni, Tojikiston 35-o‘rinni, Turkmaniston 51-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Jahon musulmon sayyohlik indeksi (Global muslim tourism index) tahlillari to‘rt strategik omilni hisobga olgan: mamlakatga borishning osonligi (viza talablari, aloqalar, transport infratuzilmasi), aloqa (aloqaning osonligi, Internet imkoniyatlari), atrof-muhit (xavfsizlik, e’tiqod bo‘yicha cheklovlar, sayyohlarning kelishi, yaxshi iqlim) va xizmatlar ta’minoti (birlamchi ehtiyojlar – halol taom va ibodat joylari, birlamchi xizmatlar – mehmonxona hamda aeroportlar, mamlakatning o‘ziga xosliklari).

Formun Altı

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Halol , #halol reyting

Aloqador xabarlar