Qozog’istonning yangi bosh vaziri Asqar Mamin bo'ldi

Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Asqar Maminni bosh vazir etib tayinlash to’g’risidagi farmonni imzoladi.

1151843
Qozog’istonning yangi bosh vaziri Asqar Mamin bo'ldi

Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Asqar Maminni bosh vazir lavozimiga tayinladi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Qozog‘iston parlamenti deputatlari prezident Nursulton Nazarboyev ishtirokida bo’lib o’tgan yalpi majlisda Asqar Maminni bosh vazirlik lavozimiga nomzodini tasdiqladilar.

Parlament deputatlari Asqar Mamin nomzodini bosh vazirlik lavozimiga tasdiqlagach, prezident Nursulton Nazarboyev Asqar Maminni bosh vazir etib tayinlash to’g’risidagi farmonni imzoladi.

53 yoshda bo’lgan Asqar Mamin bundan oldin Astana shahar hokimi, transport va kommunikatsiyalar vaziri, 2016 yil sentyabrdan e’tiboran esa bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev iqtisodiyotdagi o’zgarishlar tufayli, 21 fevral kuni mamlakat hukumatini iste'foga chiqarishga qaror qildi.

Shu bilan Bakitjan Sagintayev boshchiligidagi hukumat iste’foga chiqdi. So’ngra, Asqar Mamin bosh vazir vazifasini bajaruvchiga aylangan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Asqar Mamin , #bosh vazir

Aloqador xabarlar