O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonda...

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.

1128469
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonda...

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat shtati Ahmadobod shahriga tashrif buyurdi.

Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyevni “Ahmadobod” xalqaro aeroportida Hindiston rasmiy vakillari kutib oldi.  

O‘zbekiston prezidenti bugun, 18 yanvar kuni Gandinagar shahriga tashrif buyurib, u yerda bo’lib o’tgan “Jo‘shqin Gujarat” xalqaro sammitida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev sammiti doirasida Hindiston Respublikasi bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining o‘tgan yili oktyabr oyidagi Hindistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarning amaliy ijrosi bilan bog‘liq masalalar, shuningdek O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Shavkat Mirziyoyev , #tashrif

Aloqador xabarlar