Nazarboyevning, “Buyuk sahroning yetti qirrasi” deb nomlangan maqolasi chop etildi

Nazarboyevning, “Buyuk sahroning yetti qirrasi” deb nomlangan maqolasi chop etildi. Prezident unda, “Turk madaniyati: eng qadimgi davrlardan boshlab bugungi kunga qadar” deb nomlangan loyihani yo’lga qo’yish ishlarini boshlatishni taklif qildi.

1092759
Nazarboyevning, “Buyuk sahroning yetti qirrasi” deb nomlangan maqolasi chop etildi

Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, “Turk madaniyati: eng qadimgi davrlardan boshlab bugungi kunga qadar” deb nomlangan loyihani yo’lga qo’yish ishlarini boshlatishni taklif qildi.  

Nazarboyev, Prezidentlik apparati Matbuot xizmati rasmiy veb-saytida chop etilgan “Buyuk sahroning yetti qirrasi” deb nomlangan maqolasida Qozog’istonning Turklarning ota yurti ekanligiga e’tibor qaratgan holda,

“Bu yerdan boshqa davlat va mintaqalardagi tarixiy jarayonga muhim hissa qo’shgan Turk qavm va xalqlari dunyoning turli burchaklariga ketgan” dedi.

“Turk madaniyati: eng qadimgi davrlardan boshlab bugungi kunga qadar” deb nomlangan loyihani yo’lga qo’yish ishlarining boshlatilishi kerakligiga e’tibor qaratgan Nazarboyev, “Shu doirada 2019-yili poytaxt Ostonada Xalqaro Turkologiya kongressi va turli mamlakatlar muzeyida qadimgi Turk asarlari namoyish etilgan Turk xalqlari kunlari tadbirlarini uyushtirish mumkin” degan ifodalarga o’rin berdi.

Nazarboyev, internet ensiklopediyasi hisoblangan Wikipediada o'rtoq Turk asarlarining online-kutubxonasini tashkil etishning ahamiyatini qayd etgan holda, bu masalada Qozog’istonning moderatorlik vazifasini o’z zimmasiga olishi mumkinligini o'z so'ziga ilova etdi.

Turkistonning yangi viloyat markazi sifatida tanitilishi doirasida shaharning xalqaro arenadagi o’rnining mustahkamlanishi kerakligini ta’kidlagan Nazarboeyv, Qozog’istonning qadimiy poytaxtining faqatgina qozoq xalqining manaviy markazi emas, barcha Turk dunyosi uchun muqaddas tuproq ekanligini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar