Serbiya prezidenti Aleksandr Vujich davlat tashrifi bilan Qozog’istonga keldi

Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxt Astanada Serbiya prezidenti Aleksandr Vujichni rasmiy marosim bilan kutib oldi.

1065449
Serbiya prezidenti Aleksandr Vujich davlat tashrifi bilan Qozog’istonga keldi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vujich davlat tashrifi bilan Qozog’istonga keldi.

Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxt Astanada Serbiya prezidenti Aleksandr Vujichni rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Tomonlar tor va keng doiradagi uchrashuvlarda ikki davlat munosabatlari va mintaqaviy dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuvlardan so’ng mushtarak matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda so’zga chiqqan Nursulton Nazarboyev Qozog’istonda 20dan ortiq Serbiya firmasi faoliyat ko’rsatayotganligini va qishloq-xo’jaligi, qurilish, sanoat, transport, energetika va boshqa sohalarda yaqindan hamkorlikni yo’lga qo’yish asosiy mavzulardan biri ekanligini ma’lum qildi.

Prezidentning so’zlariga ko’ra, Qozog’iston Osiyo va Yevropa o’rtasida tezkor yuk tashish imkoniyatiga zamin yaratishga yaqindan qiziqmoqda.

“Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining Serbiya bilan erkin savdo hududini tashkil qilishga doir muzokaralari davom etmoqda. Bunga doir rasmiy muzokaralar bugungi biznes forumida amalga oshiriladi”,-dedi Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vujich ham uchrashuvlarda muhim siyosiy va iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilinganligini ta’kidladi.

“Qozog’iston bilan tinchlik, barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish, investitsiyaga jalb qilish, fuqarolarning iqtisodiy kuchini oshirish, jamiyatni zamonaviylashtirish, davlat mudofaasini qo’llab quvvatlash tamoyiliga asoslangan hamkorlikni takomillashtirish biz uchun muhimdir”,-deb aytgan Serbiya prezidenti.

Uning so’zlariga ko’ra, Serbiya bilan Qozog’iston o’rtasidagi munosabatlar ijobiy davom etmoqda. O’zaro aloqalarni yanada rivojlantirish zarur. Ikki tomonlama savdo hajmini oshirishga ahamiyat berish zarur. Bu jihatdan ikki mamlakat ham katta salohiyatga ega.

Qolaversa, Serbiya prezidenti Belgradda Qozog’iston elchixonasini tashkil qilishni taklif qildi.

Shuningdek, Nazarboyev Qozog’iston bilan Serbiya o’rtasidagi yaqin do’stona munosabatlarning rivojiga hissa qo’shgani uchun Aleksandr Vujichni “Do’stlik” ordeni bilan taqdirladi.

Vujich ham Nazarboyevga “Serbiya Davlat ordeni”ni taqdim etdi.

 



Aloqador xabarlar