O'zbekistondan Xabarlar 26-qism

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anni prezident etib qayta saylangani bilan tabrikladi.

999124
O'zbekistondan Xabarlar 26-qism

 

Shavkat Mirziyoyev Erdog'onni prezident etib qayta saylangani bilan tabrikladi.

24 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Suhbat boshida Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog`anni Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

O`zbekiston - Turkiya ko`p asrlik do`stlik va strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuqori sur`atlar bilan rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etildi.

İkki davlat rahbarlari, shuningdek, mamlakatlar o`rtasidagi keng qamrovli va ko`p qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Muloqot so`ngida O`zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Prezidentlari barcha sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor bildirdilar.

   

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Halil Ibrahim Akcha O'zbekistonga tashrif buyurdi.

Shu yilning 20 - iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga tashrif buyurgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Halil Ibrahim Akchani qabul qildi.

Bu xaqida O'zbekiston Respublikasi Tashqi Eshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi xamda savdo - iqtisodiy, transport - kommunikatsiya va boshqa sohalardagi aloqalarga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda shuningdek mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

O'zbekiston Tashqi İshlar Vaziri Abdulaziz Kamilov, uchrashuvda ishtirok etgan Hadi Sulaymonpurni 2018 - yil avgustidan uch yillik muddatga Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti  Bosh kotibi lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda shuningdek tomonlar o'zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi.

 

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg`oniston prezidentining xavfsizlik bo`yicha maslahatchisini qabul qildi.

O'tgan xaftada O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatda amaliy tashrif bilan bo`lgan Afg`oniston prezidentining xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmarni qabul qildi.

Bu xaqda O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi

Uchrashuv boshida Muhammad hanif Atmar qurg`oqchilikdan jabr chekkan Afg`oniston xalqiga ko`rsatilgan gumanitar yordam uchun prezident Muhammad Ashraf G`ani nomidan O`zbekiston Hukumati va xalqiga samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Suhbat chog`ida O`zbekiston - Afg`oniston va mintaqa kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezident maslahatchisi Afg`onistondagi vaziyat haqida batafsil ma`lumot berdi. Muhammad Hanif Atmar, 2018 - yil 26 - 27 - mart kunlari Toshkent shaxrida bo'lib o'tgan Afg`oniston bo`yicha Toshkent xalqaro konferentsiyasi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo`yicha izchil va tizimli ishlar uchun O`zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, Afg`oniston tomoni Tashqi ishlar vazirligining 18-iyundagi Bayonotida keltirilgan tinchlik muzokaralari jarayoniga ko`mak ko`rsatish to`g`risidagi O`zbekiston hukumati mavqeyini to`liq qo`llab-quvvatladi.

Suhbat davomida siyosiy, savdo - iqtisodiy, madaniy, gumanitar, ta`lim va boshqa sohalarda davlatlararo hamkorlikning jadal rivojlanishi mamnuniyat bilan ta`kidlandi va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

    

O`zbekiston tashabbusi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyasiga aylandi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi O`zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiyani qabul qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta`minlash bo`yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” nomli rezolyutsiyani qabul qildi.

Bu xaqda O'zbekiston Tashqi ishlar Vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O`zbekiston tomonidan qo`shni mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu hujjatni Birlashgan Millatlar tashkilotiga a`zo barcha davlatlar bir ovozdan qo`llab - quvvatladi.

Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo va Afrikaning 55 mamlakati ushbu rezolyutsiya hammualliflari bo`ldi.

Hujjatni ishlab chiqish bo`yicha maslahatlashuvlarda Markaziy Osiyoning barcha etakchi hamkor davlatlari, jumladan, Rossiya, Xitoy Xalq respublikasi, Amerika Qo'shma Shtatlari va Yevropa İttifoqi mamlakatlari faol va konstruktiv tarzda ishtirok etdi.

Ma'lumki, O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil sentyabr oyida Nyu - Yorkda bo`lib o`tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72 - sessiyasida so`zga chiqib, Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta`minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasida maxsus rezolyutsiya kiritishni mo`ljallaganligini takidlagan edi.

        

 



Aloqador xabarlar