Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O'zbekistonga ta'ziya bildirdi

Nursulton Nazarboyev:“Qozog'iston xalqi nomidan va shaxsan o'z nomimdan halok bo'lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Jabrlanganlar tezroq sog'ayib ketishi va o'z oilalari bag'riga qaytishini tilayman”.

891863
Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O'zbekistonga ta'ziya bildirdi

 

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Aqto'be viloyatida yo'lovchi avtobusining yonib ketishi oqibatida O'zbekiston fuqarolari fojiali halok bo'lgani munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Oqo'rda matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Qozog'iston xalqi nomidan va shaxsan o'z nomimdan halok bo'lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga hamdardlik va dalda so'zlarimni yetkazib qo'yishingizni so'rayman. Jabrlanganlar tezroq sog'ayib ketishi va o'z oilalari bag'riga qaytishini tilayman”, - deyiladi telegrammada. 

Bundan tashqari, Qozog'iston prezidentining topshirig'iga ko'ra, hodisa tafsilotlari va sabablarini aniqlashtirish uchun hukumat komissiyasi tashkil etildi.



Aloqador xabarlar