Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 46-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Turk dunyosining buyuk siymosi, milliy uyg’onish harakati rahnamosi Gaspirali Ismoil Bey va uning faoliyatlarining bugungi kunga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

848634
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 46-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Ismoil Gaspirali Turk dunyosidagi birlik fikrining qalbi va eng muhim nazariyotchisi hisoblanadi. U Qrimning Boxchasaroy shahri yaqinlaridagi Avjiko’yda tavallud topdi. Rus maktablarida olgan ta’limi uni milliy tuyg’ular tomon yetakladi. Chor Rossiyasi tarkibidagi turklarga bo’lgan salbiy ko’z qarashlar, salbiy faoliyatlar Gaspiralida milliy tushunchaning uyg’onishiga yo’l ochdi. Ismoil Bey Gaspirali 1868-yili Boxchasaroyda rus tilidan dars bera boshladi. 1872-yili esa ta’lim olish uchun Qrimdan Parijga qarab yo’l oldi. Parijda o’tkazgan ikki yili mobaynida Gaspirali shu yo’l orqali g’arb madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini qo’lga kiritdi. 

Qrimlik tatar turki bo’lgan Ismoil Gaspirali turklarning “birlik ichida, ittifoq ichida” emasligini quyidagi so’zlar bilan ifoda etgan yani: “agar biz shu yo’lda davom etgudek bo’lsak unda Rossiyadagi turklarning kelajagi qorong’i bo’lib qoladi”. Gaspiralining fikricha Rossiya hududidagi turk xalqlari atrofini qurshab olgan slavyan dengizi ichida yo’qolib ketish xavfsi ostida edilar. O’rtadagi to’siqni bartaraf etish uchun esa birgalikda faoliyat olib borsihga majbur edilar. Gaspirali, Chor Rossiyasi tarkibida yo’q bo’lib ketishidan tashvishlangan turklarning bir til atrofida yani turk tili atrofida yashay olishiga ishonch hosil qildi. Bu g’oyasini amalga oshira olish uchun bir gazeta chop etishga kirishdi va barcha turk dunyosiga atalgan bu gazeta sodda va qulay turk tilida chop etildi. “Tilda, fikrda, ishda birlik” shiori bilan chop etilgan ushbu gazetaning nomi esa “Tarjimon” deb ataldi. Ismoil Gaspirali 1883-yili chop etilgan Tarjimon gazetasi bosh bo’lish bilan birga nafaqat rossiyalik turklarning balki butun dunyo turklarining milliy uyg’onishi uchun deyarli yangi bir yo’l yaratdi. Gaspirali Ismoil Bey yetakchiligida chop etilgan Tarjimon gazetasi Istanbul bosh bo’lish bilan birga turk dunyosining to’rt burchagida ta’lim olgan barcha olimlar tomonidan o’qib borildi. Ayniqsa Ozarbayjon va Qrimda katta qiziqish uyg’onib, alohida e’tibor berildi. Rossiya turklarining fikri, madaniyati va siyosiy harakatlari Gaspiralining huddi mana shu tashabbuslari orqali boshladi. Ismoil Gaspirali ko’zda tutgan islohotlar dasturiga ko’ra ta’lim sohasining yangilanishi, turk qavmlari orasida bitta adabiy tilning tashkil etilishi, ayollarning ham huddi erkaklardek ta’lim olishi kerak edi.  

Ruslarning turklar ustidan olib borgan ruslashtirish siyosati orqali turklarning yo’q bo’lib ketishidan tashvishga tushgan Gaspirali, rossiyalik turklarni birlashtirish uchun islohot dasturlari ustida ish olib bordi. Ismoil Gaspiralining islohot yo’lidagi eng muhim tashabbusi 1884-yili ochgan usuli jadid maktablari edi. Gaspirali tomonidan Qrimda, Qrimning Boxchasaroy shahrida tashkil etilgan qulay o’qish usuli/ usuli jadid maktabi kun o’tgan sayin yana-da kengayib bordi. U eng qisqa vaqt ichida Rossiyaning boshqa turk-islom mintaqasiga ham yetib bordi. Ismoil Gaspirali ta’lim va madaniyat sohalarida faoliyat qilish bilan eng avvalo rossiyalik turklarning ortidan esa, barcha turk xalqlari orasida milliy tushunchaning uyg’ondirilishi uchun mexnat qildi.

Ismoil Gaspiralining Turk dunyosidagi “birlik” fikri xususida olib borgan eng muhim faoliyatlardan biri mushtarak turk tilining tashkil etilishi yo’lidagi tashabbuslaridir. U Istanbul turkchasini barcha turk xalqi uchun adabiy tilga aylantirish niyatida edi. Turk tilining fors va arab tilidan kirib kelgan keraksiz so’zlardan tozalanishi va xalq tomonidan foydalaniladigan qulay tilga aylantirilishi kerak edi. Gaspiralining Tarjimon deb nomlangan gazetasi orqali tarqatilgan bu til, Qrim, Idil Ural, Kavkaz va Turkiston olimlariga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu til bilam qalamga olingan keng ko’lamli adabiyot asarlari o’rtaga chiqdi. Lekin Sovet ittifoqida Ismoil Gaspirali boshlatgan Turk tili oqimi man etildi. Bu bilan birga mahalliy tillarning rivojlantirilishi faoliyatlari boshlatildi.  

Tarjimon gazetasi orqali Turk dunyosini mushtarak turk tili atrofida birlashtirilishi Ismoil Gaspiralining eng asosiy g’oyasi edi. Shu maqsad bilan Tarjimon gazetasi uchun mushtarak til sifatida Istanbul shevasi tanlab olindi. Gaspirali fikriga ko’ra Istanbul shevasi ham soddalashtirilishi kerak edi.

Bugungi kunda Rajap Tayyip Erdog’an, Nursulton Nazaboyev va Ilhom Aliyev kabi liderlarning say harakati bilan Ismoil Gaspirali g’oyalari turli xalqaro tashkilotlar tarkibida o’z o’rnini toshiga harakat qilmoqda. Turk kengashi, TURKSOY, Turk akademiyasi bosh bo’lish bilan birga turli xalqaro tashkilotlar bu yo’lda turli faoliyatlar olib bormoqda. Aytib o’tish joizki bu faoliyatlardan maqsad Pan-Turkizm yoki Pan-Turanizm emas. Zero bu tashkilotlarning maqsadi hech qanday davlat va millatga qarshi dushmanlik qilish, kin saqlash yoki nafrat uyg’otish emas faqatgina turli sohalarda hamkorlik qilishni ko’zda tutadi. Shunday ekan hech kimning bunday faoliyatlardan shubhalanishiga o’rin yo’q. Undan tashqari Gaspirali Ismoil Bey tomonidan ifoda etilgan “Tilda, fikrda, ishda birlik” shiorining Turk dunyosi uchun yo’lga qo’yilishi, dunyo tinchligiga ham jiddiy ravishda ijobiy hissa qo’shadi.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar