Bakuda Emina Erdog’anning tashrifi bilan turk litseyi ochildi

Emina Erdog’an: “Turk litseyini bitirgan yoshlar kelajakda nafaqat Ozarbayjon ravnaqiga balki, Turkiya-Ozarbayjon munosabatlariga ham katta hissa qo’shadigan yetuk insonlar bo’lib yetishishiga ishonaman”.

837926
Bakuda Emina Erdog’anning tashrifi bilan turk litseyi ochildi

Turkiya prezidenti Rajap Toyyip Erdog’anga Ozarbayjon ziyoratida hamrohlik qilgan turmush o’rtog’i Emina Erdog’an Baku turk litseyining ochilishiga tashrif buyurdi.

Maktab binosi Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA tomonidan butunlay qayta ta’mirlandi.

Ochilish marosimida so’zga chiqqan Emina Erdog’an: “Turk litseyini bitirgan yoshlar kelajakda nafaqat Ozarbayjon ravnaqiga balki, Turkiya-Ozarbayjon munosabatlariga ham katta hissa qo’shadigan yetuk insonlar bo’lib yetishishiga ishonaman”,-dedi.

“Ta’lim va tarbiya barcha narsaning poydevoridir. Insondagi boylikni yuzaga chiqaradi. Kelajakni barpo etadi. Sizlar ham kelajagimizning memori bo’lasizlar. Men shunga aminmanki, kelajakda nafaqat akademik va muvaffaqiyatli kasb egalari, balki dunyoning ehtiyoji bo’lgan mehr-shafqat, vijdon va hurmat ongining rivojiga ham hissa qo’shasiz. Sog’lom avlod va porloq kelajak mana shu qadriyatlar bilangina barpo etiladi”,-deydi Emina Erdog’an.

23 yildan beri faoliyat ko’rsatib kelayotgan Baku turk litseyining barcha xarajatlari Turk diyonat jamg’armasi tomonidan ta’minlanadi.

Maktabda 112 nafar ozarbayjonlik o’qituvchi dars beradi.

Shuningdek, maktabda 827 nafar o’quvchi tahsil oladi.

Bulardan 268 nafarini qizlar, 559 nafarini og’il bolalar tashkil qiladi.

Bugungacha, ushbu turk litseyini bitirgan 23 o’quvchi universitet imtihonlarida mamlakat bo’yicha birinchi o’rinni egalladi.

Bundan oldin Baku Davlat universiteti tomonidan ajratilgan binoda faoliyat ko’rsatgan Baku turk litseyi yangi o’quv yilidan boshlab o’z faoliyatini Ozarbayjon xalq ta’limi vazirligi tomonidan ajratilgan va TIKA tomonidan ta’mirlangan yangi binoda davom ettiradi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar