Qirg'izistonning yangi bosh vaziri Sapar Isoqov bo'ldi

Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Sapar Isoqovni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlash to'g'risidagi farmonni imzoladi.

797240
Qirg'izistonning yangi bosh vaziri Sapar Isoqov bo'ldi

Qirg'iziston parlamentida ovozga qo’yish jarayonida Sapar Isoqov mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlandi.

Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Sapar Isoqovni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlash to'g'risidagi farmonni imzoladi.

Hukumatning avvalgi rahbari So'ronboy Jeebekov prezidentlik saylovlarida ishtirok etish maqsadida muddatdan avval iste’foga chiqish haqida qaror qabul qilgandi.

Sapar Isoqov Qirg'iziston parlamentining navbatdan tashqari sessiyasi davomida bosh vazir lavozimiga tasdiqlangan.

Qirg'iziston prezidenti devonining rahbari Sapar Isoqov parlamentdagi koalitsion ko'pchilikdan bosh vazir lavozimiga nomzod sifatida ko'rsatilgan edi.

31 avgust kuni mustaqilligining 26 yilligini nishonlaydigan Qirg’izistonda Sapar Isoqov mamlakatning 28-bosh vaziri bo’ldi.

 

 



Aloqador xabarlar