O'zbekiston va Xitoy logistika markazlari ochish imkoniyatini muhokama qildi

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev ma’lum qildi.

714674
O'zbekiston va Xitoy logistika markazlari ochish imkoniyatini muhokama qildi

O'zbekiston va Xitoy ikkala davlat chegaralarida yangi logistika markazlari ochish imkoniyatini muhokama qildi.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev ma’lum qildi. 

"Ichki temir yo'llarning jadal rivojlanishi tufayli bizda Xitoy temir yo'llari bilan bog'lanish imkoniyati paydo bo'ldi. O'tgan haftada O'zbekiston delegatsiyasi Xitoyda bo'lib qaytdi va u yerda ikki davlat chegarasida hozircha avtomobil, kelgusida esa temir yo'l transporti logistika markazlari yaratishni muhokama qildi",-deydi Sodiq Safoyev.  

Safoyevning aytishicha, Transkavkaz avtomagistralidan foydalanish va Ruminiya, Bolgariya, Rossiya portlariga chiqish masalalari bo'yicha ozarboyjonlik va gruziyalik hamkorlar bilan muvaffaqiyatli muzokaralar o'tkazilgan.

Shu tariqa O'zbekiston eng muhim hamkorlar bilan qisqa yo'llar orqali savdo-sotiq olib borish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Bugungi kunda transport oqimlari yuqori daromadli tovar hisoblanadi. O'zbekistonning tranzit salohiyatidan foydalanish valyuta tushumlarining asosiy manbalaridan biriga aylanishi va O'zbekistonni transport guzargohiga aylantirishi mumkin. Bu nafaqat iqtisodiy o'sishni tezlashtiradi, balki O'zbekistonning jahon sahnasidagi geosiyosiy mavqeini mustahkamlashga ko'mak beradi.



Aloqador xabarlar