Turkiya va O’zbekiston o’rtasida o'rnatilgan diplomatik aloqalarga 25 yil to'ldi

Turkiya bilan O’zbekiston o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Toshkentdagi Turkiya elchixonasi tomonidan tantanali ziyofat berildi. Ushbu ziyofatda O'zbekiston tomonidan Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etdi.

694114
Turkiya va O’zbekiston o’rtasida o'rnatilgan diplomatik aloqalarga 25 yil to'ldi

Turkiya bilan O’zbekiston o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganining 25 yilligi O’zbekiston poytaxti Toshkentda rasmiy marosim bilan nishonlandi.

Turkiyaning Toshkentdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shen tomonidan berilgan ziyofatda O’zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa o’zbek rasmiylar ishtirok etdi.

Turkiya bilan O’zbekiston Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlagan ziyofatda o’zbek tilida ma’ruza qilgan Ahmet Bashar Shen o’z so’zining boshida, Turkiyaning O’zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi davlat ekanligini qayd etdi. Buning alohida ramziy ma’nosi borligini ham eslatgan elchi, buning sababini bir asrdan ziyod vaqt mobaynida aloqa qilishdan mahrum bo’lgan qardosh o’zbek xalqini sog’inish bilan bog’liqligini  ta’kidladi.  

O’zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov esa ziyofatdagi ma’ruzasida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan O’zbekiston-Turkiya o’rtasidagi diplomatik aloqalarning 25 yilligini muborak bot etdi.  

Aripov, Turkiyaning O’zbekiston mustaqilligini 1991-yilning 16-dekabrida tan olganligini, 1992-yilning 4-martida esa diplomatik aloqa o’rnatilganligi haqidagi protokolga qo’l qo’yilganligini eslatdi.   

Aripov huddi ana shu yilning aprel oyida Turkiyaning Toshkentdagi o’z elchixonasini ochganligini xursandchilik bilan yodga olganliklarini tilga olar ekan, o’tgan 25 yil davomida 15 marotaba oliy va yuqori darajadagi tashriflarning amalga oshganligini ta’kidladi.  

Ziyofatda o’zbekistonlik vakillardan tashqari Toshkentdagi bir qator chet ellik diplomatik missiya vakillari ham ishtirok etdi. Ular turk oshxonasining mazali taomlari bilan mehmon qilindi.

 



Aloqador xabarlar