Astanadagi Suriya muzokarasining uchinchi turi kecha o'z ishini boshladi

Astanadagi Suriya muzkarasining birinchi turi, Bashar al-Asad rejimining 2016-yilning 30-dekabri kuni kuchga kirgan kelishuvni buzisihi oqibatida Turkiya bilan Rossiya rahbarligida 2017-yilning 23-24-yanvari kunlari bo’lib o’tgan edi.

691502
Astanadagi Suriya muzokarasining uchinchi turi kecha o'z ishini boshladi

Suriyadagi ichki urushni to’xtatishga bag’ishlangan Astana muzokarasining uchunchi turi kecha o’z ishini boshladi.

Suriya rejimining havo bombardimonini to’xtatishi uchun Rossiya tomonidan yetarli darajada ogohlantirilmaganligini iddio qilgan muxolifat guruh, qarorini o’zgartirib, muzokarada ishtirok etajagini ma’lum qildi.

Bugun Astanaga qarab yo’lga chiqajagini ham o’z ma’lumotiga ilova etgan muxolifat guruh, maydondagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvini qo’lga olmoqchi.

Muzokaraning ertangi yig’ilishida ishtirok etadigan guruh Turkiya bilan Rossiyaga o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilinmaganligi masalasini yetkazadi.

Astanadagi Suriya muzokarasida Turkiya nomidan Tashqi ishlar vazirligi maslahatchi o’rinbosari Sedat O’nal ishtirok etmoqda.

Turkiya bilan Rossiyaning kafilligida ta’minlangan o’q uzishni to’xtatish kelishuvi 2016-yilning 30-dekabri kuni kuchga kirgan edi.

Astanadagi Suriya muzkarasining birinchi turi, Bashar al-Asad rejimining ushbu kelishuvni buzisihi oqibatida 2017-yilning 23-24-yanvari kunlari Turkiya bilan Rossiya rahbarligida Qozog’iston poytaxti Astanada bo’lib o’tgan edi.  

O’q uzishni to’xtatish kelishuvining qarorli ravishda davom etishi yuzasidan yig’ilgan Turkiya, Rossiya, Eron, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, muxolifat va rejim hay’atlari o’q uzishni to’xtatish kelishuvini kuzaitb borish uchun uchli mexanizmning tashkil etilishi borasida kelishib olgan edilar.  

2017-yilning 6-fevrali kuni faqatgina kafil mamlakatlar ishtirok etgan yig’ilishda ushbu mexanizm to’g’risidagi texnik mavzular qo’lga olingan.

15-16-fevraldagi muzokarada esa barcha tomonlar takror uchrashgan edilar.

Harbiy muxolifat guruh, Rossiya kafilligidagi rejim kuchlarining o’q uzishni to’xtatish kelishuvini buzishni davom ettirishi yuzasidan bu galgi Astana muzokarasida ishtirok etmasligini bildirgan edi.  


Tanlangan kalimalar: #Astana , #Suriya muzokarasi , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar