O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga tashrif buyurdi

Turkmanistonda O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifiga katta tayyorgarlik ko'rildi.

685382
O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga tashrif buyurdi

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6 mart kuni Turkmanistonga tashrif buyurdi. 

Ashxobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga O'zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari ko'tarildi, prezidentlik gvardiyasi saf tortdi. 

O'zbekiston delegatsiyasi o'zi uchun ajratilgan qarorgohga yo'l oldi. 

Ma’lum qilinishicha, Turkmanistonda Shavkat Mirziyoyev tashrifiga katta tayyorgarlik ko'rilgani qayd etildi.

Shahar ko'chalari ikki mamlakat davlat bayroqlari, o'zbek va turkman tillaridagi qutlov so'zlari bilan bezatilgan. 

Tashrif munosabati bilan ikki tomonlama muzokaralar va madaniy tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif yakunlari bo'yicha ikki davlat prezidentlarining Qo'shma bayonoti, Strategik sheriklik to'g'risidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Tashrifning birinchi kunida O'zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Axaltekin ot majuasida bo'ladi.

Turkman ana’nasiga muvofiq, mamlakatga tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonga bu yerda parvarish qilinayotgan tulporlar va chavandozlar chiqishi namoyish etiladi.

Davlat rahbarlari 7 mart kuni Turkmanistonning Lebap viloyatiga tashrif buyuradi.

 U yerda Turkmanobod-Farob avtomobil va temir yo'l ko'prigining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. 

 



Aloqador xabarlar