Nazarboyev bilan Gurbanguli Berdimuhammedov o’rtasida telefon orqali muloqat bo’lib o’tdi

Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 2017-yilning 13-fevrali kuni ham Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston Prezidenti etib saylangani bilan tabriklab, maktub yo’llagan edi.

672605
Nazarboyev bilan Gurbanguli Berdimuhammedov o’rtasida telefon orqali muloqat bo’lib o’tdi

Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov o’rtasida telefon orqali muloqat bo’lib o’tdi.  

Muloqat chog’ida Qozog’iston Prezidenti Berdimuhamedovni, Turkmaniston Prezidenti saylovidagi yuksak g’alabasi bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari lavozimidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Ortidan Davlat rahbarlari ikkala xalqning tarixiy jihatdan yaqinligi va ikki mamlakat o’rtasidagi an’anaviy do’stlik ruhidagi qo’shnichilik munosabatlariga to’xtalib o’tdilar.

Shuningdek siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni bundan buyon ham mustahkamlashning ahamiyati ta’kidlandi.

Muloqat yakunida Nursulton Nazarboyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovni Qozog’istonga taklif qildi. Turkmaniston Prezidenti ushbu taklifni katta minnatdorchilik bilan qabul qildi.



Aloqador xabarlar