Turkmanistonda 12 fevral kuni prezidentlik saylovi o’tkaziladi

Chet mamlakatlarda yashagan Turkmaniston fuqarolari xorijdagi Turkmaniston elchixonalarida tashkil qilingan saylov uchastkalarida ovoz bera boshladi.

664013
Turkmanistonda 12 fevral kuni prezidentlik saylovi o’tkaziladi

Turkmanistonda 12 fevral kuni prezidentlik saylovi o’tkaziladi.

Chet mamlakatlarda yashagan Turkmaniston fuqarolari xorijdagi Turkmaniston elchixonalarida tashkil qilingan saylov uchastkalarida ovoz bera boshladi.

Saylovga birinchi marta 3 ta siyosiy partiyaning nomzodlari qatnashmoqda.

Saylovda Turkmaniston Demokratik partiyasidan nomzod qilib ko’rsatilgan mavjud prezident Gurbanguli Berdimuhammedov bilan birga, jami 9 ta nomzod bellashadi.

Turkmanistonda o’tgan yili konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish bilan davlat rahbarining xizmat muddati 5 yildan 7 yilga chiqarilgan edi.

Qolaversa, prezident uchun 70 yosh sharti ham bekor qilingan edi.

Saylov mahalliy va xalqaro tashkilotlardan kelgan mutahassislar tomonidan kuzatib boriladi.

 

 



Aloqador xabarlar