Shavkat Mirziyoyev Kanada Bosh vaziri Pyer Jeyms Tryudoga ta'ziya maktubi yo'lladi

Eslatib o'tamiz 2017-yilning 30-yanvari kuni Kanadaning Kvebek shahrida joylashgan bir jome’ masjidiga qarshi qurolli hujum uyushtirilib, oqibati ko'plab kishilarning qurbon bo'lishiga yo'l ochgan edi.

663336
Shavkat Mirziyoyev Kanada Bosh vaziri Pyer Jeyms Tryudoga ta'ziya maktubi yo'lladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kanada Bosh vaziri Pyer Jeyms Tryudoga Kvebek shahrida sodir etilgan terrochilik harakati oqibatida ko'plab insonlarning qurbon bo'lganligi munosabati bilan samimiy ta'ziya izhor etilgan maktub yo'lladi. Bu haqida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma'lumot tarqatdi.

Ushbu ma'lumotga ko'ra Prezident Mirziyoyev qurbon bo'lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamda jarohat olganlarga hamdardlik va dalda so'zlarini yetkazib qo'yishni so'ragan.



Aloqador xabarlar