Turkiyadan Qozog’istonga amalga oshirilayotgan investitsiya miqdori oshiriladi

“Kazinvest” Milliy eksport va investitsiya shirkati direktori Borisbiy Jangurazov ma'lum qilishicha, oxirgi 5 yil ichida Qozog’istonga jalb qilingan to’g’ridan investitsiya miqdori 50 mlrd dollarni tashkil qilgan.

639639
Turkiyadan Qozog’istonga amalga oshirilayotgan investitsiya miqdori oshiriladi

Turkiyadan Qozog’istonga amalga oshirilayotgan investitsiya miqdori oshiriladi.

Bu haqda Qozog’iston “Kazinvest” Milliy eksport va investitsiya shirkati direktori Borisbiy Jangurazov ma’lum qiladi.

“Kazmedia” markazida o’tkazilgan matbuot anjumanida so’zga chiqqan Janguzarov oxirgi 5 yil ichida Qozog’istonga jalb qilingan to’g’ridan investitsiya miqdori 50 mlrd dollarni tashkil qilganini aytdi.

“Qozog’istonga yilda taxminan 10 mlrd dollarlik investitsiya amalga oshirildi”,-deydi Janguzarov.

Turkiya Qozog’istonning muhim tijoriy va iqtisodiy hamkori ekanini aytgan Janguzarov: “Qozog’istonda yirik turk firmalari faoliyat ko’rsatmoqda. Investitsiyani jalb qilish uchun Turkiya hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilyabmiz. Qonunga muvofiq ravishda, turk investitorlarga barcha qulay imkoniyatlarni yaratib beryabmiz va bu shaklda investitsiya faoliyatlari yanada rivojlanadi degan umiddamiz”,-dedi.

Qozog’iston qishloq-xo’jaligi, oziq-ovqat, kimyo va muhandislik sohalarida katta salohiyatga ega ekanini aytgan Janguzarovga ko’ra, Qozog’iston qishloq-xo’jalik texnikalari, mashinasozlik, elektr texnikasi, qishloq-xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha katta imkoniyatlarga ega ekanini ma’lum qildi.

Xozirda Qozog’istonda 1500dan ziyod turk firmasi faoliyat ko’rsatmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar