Yevroosiyodan dolzarb mavzular 155-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirimning Rossiya ziyorati haqida so’z qilamiz. Efirda Yevroosiyodan dolzarb mavzular dasturi.

634923
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 155-qism

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim 2016-yilning 6-dekabri kuni Rossiyaga qaratilgan ilk rasmiy ziyoratini amalga oshirdi. Bosh vazir Rossiya ziyorati chog’ida avvalom bor Moskva Xalqaro aloqalar institutida talaba, akademik va byurokratlar bilan uchrashib ishtirokchilarga xitob etdi.

Binali Yildirim institutdan chiqib, Rossiya parlamentining yuqori palatasi-Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlararo munosabatlarini qayta tiklash masalasi qo’lga olindi.

Bosh vazir Binali Yildirim, Matviyenko bilan uchrashganidan keyin Moskvaga yaqin manzilda joylashgan Bosh vazirlik binosida, Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Ikki mamlakat munosabatlarining turli qirralarini muhokama qilgan vazirlar, ortidan jurnalistlar savoliga javob berdi. Matbuot anjumanida ikki mamlakat munosabatining yana-da mustahkamlana olishini ifodalagan Bosh vazir Binali Yildirim, uchrashuv chog’ida mudofaa va kosmik sohadagi yangi loyihalarning kun tartibiga olib chiqilganligini qayd etdi.

Rossiya Bosh vaziri Medvedov esa Yildirim bilan bo’lgan uchrashuvining ikki mamlakat munosabatining yana-da tezroq rivojlanishi jihatidan katta ahamiyat kasb etajagini aytdi. Bosh vazir Binali Yildirim Rossiya ziyorati yakunida Rossiya Davlat rahbari Vladimir 

Putin tomonidan Kremlda qabul qilindi. Putin, Turk oqimi qonuniga imzo chekgani uchun Prezident Erdog’anga minnatdorchilik bildirdi.    

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Rossiya ziyorati doirasida Moskvadan keyin Tatariston Respublikasi poytaxti Qozonga ham bordi. Tatariston Prezidenti Minnihanov Bosh vazir Yildirimni poytaxtdagi aeroportda kutib oldi va ortidan liderlar Qozon Kremli saroyida uchrashdi.

Yildirim Tataristonda “Turk-tatar biznes forumi” va Sadri Maqsudiy yodgorligining ochilish marosimida ishtirok etdi. Turk hay’ati Qozondagi Qul Sharif nomidagi jome’ masjidini aylanib chiqdi. Yildirimning Tatariston ziyorati chog’ida Prezident Rustam Minnihanovning 2016-yilning 14-15-dekabri kunlari rasmiy ish safari bilan Turkiyaga kelishi ma’lum bo’ldi.   

Hurmatli dasturimiz muxlislari, Bosh vazir Binali Yildirimning Rossiya ziyoratidan avval Prezident Rajap Tayyip Erdog’an TBMMda qabul qilingan “Turk oqimi” protokolini tasdiqladi. Undan tashqari TBMMda Turkiya-Rossiya Parlamentlararo Do’stlik guruhi tashkil etildi va Do’stlik guruhining raisligiga Manisa deputati Rejai Berber tayin qilindi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Lavrov, Yildirimning ziyoratidan oldin Antaliyada Chavusho’g’li bilan uchrashdi.

Bosh vazir Yildirimning Rossiya ziyorati, Turkiyaning Rossiya bilan bo’lgan munosabatini o’liy darajaga chiqarish irodasi jihatidan, boshqacha qilib aytganda kelasi yili o’tkazilishi kutilgan Turkiya-Rossiya O’liy darajali hamkorlik kengashi yig’ilishi tayyorgarliklarining muhokama qilinishi jihatidan katta ahamiyat kasb etardi.

Ziyorat chog’ida ikki mamlakat o’rtasidagi yirik loyihalarga atalgan kollektiv investitsiya fondining tashkil etilishi ma’lum bo’ldi. Ushbu fondning tashkil topishi, ikki mamlakat munosabatining yana-da mustahkamlanishi jihatidan katta ahamiyatga egadir. Shuningdek ikki mamlakat hamkorligini o’rta muddatda rivojlantirish uchun tayyorlanayotgan 2017-2020-yillarining hamkorlik dasturi, ehtimol, kelasi yili bo’lib o’tadigan Turkiya-Rossiya O’liy darajali hamkorlik kengashi yig’ilishida tasdiqlanadi.    

Eng qisqa vaqt ichida iki tomondan ham barcha sanksiyalarning bekor qilinishi kerak. Aks holda ikki mamlakat munosabatini oliy darajaga olib chiqishlik imkonsiz. Undan tashqari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi orqali ham, o’zaro munosabatlar chuqurlashtirilishi darkor. Erkin tijorat zonalarining tashkil etilishi, mahalliy pul birligi bilan savdo-sotiq qilish kabi yana ko’plab sohalarda qulayliklarning kiritilishiga yo’l ochadi.  

Rossiya bilan Turkiya o’rtasida, tabiiy gaz sohasida ba’zi muammolarning borligi hammaga ma’lum. Tabiiy gaz sohasidagi narx kelishmovchiligi kabi muammolar hal qilinib, bu orqali Turk oqimi loyihasining yo’li ochilishi darkor.

Rossiya-Turkiya munosabatida Tataristonning alohida o’rni bor. Tataristonning Rossiya-Turkiya munosabatidagi roli “uchoq muammosi” jarayonida o’zini yana-da yaqqol ko’rsatdi. Barcha to’siqliklarga qaramay Tatariston bu jarayonda ziyraklik bilan ish olib bordi. Tatariston Rossiya bilan Turkiya o’rtasidagi haqiqiy ko’prik hisoblanadi.

Aziz dasturimiz muxlislari, shu bilan dasturimizni yakunlaymiz. Kelgusi dasturimizda ko’rishguncha xayr, omon bo’ling. 

 



Aloqador xabarlar