Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo'llab, uni Ostonaga taklif etdi

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni O'zbekiston prezidentligiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Akorda xabar qilgan.

624130

O'z tabrigida Nursulton Nazarboyev saylov natijalari O'zbekiston xalqining yuqori ishonchi va qo'llab-quvvatlovidan dalolat ekanini qayd etgan. 

U Shavkat Mirziyoyevning saylanishi ikki davlat o'rtasidagi aloqalar mustahkam holda saqlab qolinishini ta`minlashiga ishonch bildirgan.

Nursulton Nazarboyev o'zaro hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilishiga ishonch bildirgan.

U O'zbekistonning yangi rahbarini Ostonaga taklif etgan.

Qozog'iston rahbari Shavkat Mirziyeyovga mustahkam sog'liq va yangi rahbarlik lavozimida muvaffaqiyatlar, o'zbek xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilagan.

Aloqador xabarlar