Turkmaniston 2017-yilgi Osiyo O‘yinlarini o‘tkazishga tayyor...

Turkmaniston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘lib bunday miqyosdagi sport forumini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi.

618372
Turkmaniston 2017-yilgi Osiyo O‘yinlarini o‘tkazishga tayyor...

 

Turkmanistonning poytaxti Ashxobodda Osiyo O‘yinlari-2017ni o‘tkazish maqsadida qurilishi rejalashtirilgan sport kompleksining 85%i tamomlandi.

Qolgan komplekslar kelgusi yilning birinchi yarmida foydalanishga topshiriladi.

Bu haqda payshanba kuni Turkmanistonning Toshkentdagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Ma’lum bo’lishicha, yopiq komplekslardagi Osiyo O‘yinlari 2017-yilning 17-sentyabr kuni Ashxobodda boshlanadi.

Ularda Osiyoning 45 davlati hamda Avstraliya va Okean orti davlatlaridan 17 mamlakat vakillari sportning 21 turi bo‘yicha bahs olib boradi.

O‘zbekiston jamoasi birinchilardan bo‘lib O‘yinlarda ishtirok etish to‘g‘risida ariza berdi.

Turkmaniston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘lib bunday miqyosdagi sport forumini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi.

Osiyo O‘yinlariga turli mamlakatlardan 200 mingdan ziyod ishqibozlarning tashrif buyurishi taxmin qilinmoqda.

Turkmaniston hukumati Osiyo O‘yinlari yakunlanganidan so‘ng qurilgan sport arenalari va mehmonxona majmualaridan mamlakatda sportni rivojlantirish maqsadida foydalanishni rejalashtirgan.

 

 



Aloqador xabarlar