YeXHTning qisqa muddatli kuzatuvchi missiyasi 2-6-dekabr kunlari O’zbekistonda bo’ladi

Eslatib o’tamiz YeXHT vakillari 11-14 oktabr kunlari O’zbekistonga borib, mamlakatdagi siyosiy vaziyatni o’rganib ortidan O’zbekistonga to’laqonli kuzatuvchi missiyasini yuborishga qaror qilgan edi.

608214
YeXHTning qisqa muddatli kuzatuvchi missiyasi  2-6-dekabr kunlari O’zbekistonda bo’ladi

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosining to’laqonli kuzatuvchi missiyasi 2016-yilning 4-dekabri kuni O'zbekistonda bo'lib o'tadigan Prezidentlik saylovini kuzatish uchun 3-noyabr kuni Toshkentga kelgan.

Johan Peter Traugott Tyler boshchiligidagi 17 kishilik kuzatuvchi missiya birinchi marotaba O’zbekistonda Prezidentlik saylovini kuzatib boradi.

Saylovni kuzatish uchun Toshkentga kelgan 17 kishilik guruh ortidan 5-noyabr kuni yana 28 kishilik uzoq muddatli guruhning ham kelgani ma’lum. Qisqa muddatli 250 kishilik kuzatuvchi guruh esa 2-6-dekabr kunlari O’zbekistonda bo’ladi.

Eslatib o’tamiz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi nomidan bir guruh 11-14 oktabr kunlari O’zbekistonga borib, mamlakatdagi siyosiy vaziyatni o’rganib chiqqan edi.



Aloqador xabarlar