Nazarboyev Donald Trumpni tabriklab, rasmiy ish safari bilan uni Qozog’istonga taklif qildi

Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq xalqi va shaxsi nomidan Donald Trumpni tabriklab, rasmiy ish safari bilan uni Qozog’istonga taklif qildi.

607852
Nazarboyev Donald Trumpni tabriklab, rasmiy ish safari bilan uni Qozog’istonga taklif qildi

Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq xalqi va shaxsi nomidan Donald Trumpni tabriklab, bu yil AQSh va Qozog’iston o’rtasidagi diplomatik munosabatga 25 yil to’lganligini aytdi. Bu haqida Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ma’lumotga ko’ra Nursulton Nazarboyev o’z tabrigida “Sizning rahbarligingizda Amerika Qo’shma Shtatlari butun dunyoda tinchlikni saqlab, xavfsizlikni ta’minlab, o’nib-o’sish yo’lida tayanch bo’lib qolaveradi” degan.

Nazarboyev, shuningdek “Qozog’istonning 2017-2018 yillari BMTning Xavfsizlik kengashiga vaqtinchalik a’zo deb saylanishi kasbdoshligimizni mazmunli davrga aylantiradi deb o’ylayman” degan.   

“Biz BMTning Xavfsizlik kengashi faoliyatlariga samarali hissa qo’shib, AQSh bilan barcha dolzarb masalalar to’g’risida o’zaro hamkorlik qilishga tayyormiz” deb yozilgan telegrammada Nazarboyev Donald Trumpga muvaffaqiyatlar tiladi shuningdek, rasmiy ish safari bilan uni Qozog’istonga taklif qildi.  



Aloqador xabarlar