Qirg’iziston parlamentidagi koalitsiya hukumati bugun rasmiy ravishda tarqadi

Eslatib o’tamiz Qirg’iz parlamentidagi Qirg’iziston sotsial-demokratik partiya (QSDP) fraksiyasi, parlamentdagi yetakchi koalitsiyani tuzgan fraksiyalar o’rtasidagi kelishmovchilik yuzasidan ayrilganligini 24-oktabr kuni e’lon qilgan edi.

597417
Qirg’iziston parlamentidagi koalitsiya hukumati bugun rasmiy ravishda tarqadi

Qirg’iziston parlamentidagi Qirg’iziston sotsial-demokratik partiya (QSDP) fraksiyasi parlamentdagi yetakchi koalitsiyadan ayrilganligini bugun 26-oktabr kuni bo’lib o’tgan yalpi majlisda e’lon qildi.  E’lon ortidan Sooronbay Jeenbekov Bosh vazirligidagi koalitsiya hukumati o’z iste’fosini talab qildi.  

Qirg’iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev to’rt partiya tomonidan tuzilgan koalitsiya hukumatining iste’fosini tasdiqladi.

Qirg’iziston Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha Sooronbay Jeenbekov va hukumat a’zolari Qirg’izistonda yangi hukumat tuzilgunga qadar o’z vazifalarini davom ettiradi.

Atambayev tomonidan tashkil etilgan Qirg’iziston sotsial-demokratik partiyasi, 2016-yilning 24-oktabri kuni, Qirg’iziston Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritish masalasida qarshi chiqqan koalitsiya hukumati a’zosi “Ata Meken” partiyasi bilan kelishmolmaganligi tufayli parlamentdagi yetakchi koalitsiyadan ayrilganligini ma’lum qilgan edi.



Aloqador xabarlar