O’zbekiston Prezidentligiga nomzodlarni ro’yxatga olish ishlari 30-oktabrda yakunlanadi

Hozirgi kunda O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi O'zbekiston Prezidentligiga to’rtta siyosiy partiya tomonidan ko’rsatilgan nomzodlar hujjatini qabul qilgan.

597808
O’zbekiston Prezidentligiga nomzodlarni ro’yxatga olish ishlari 30-oktabrda yakunlanadi

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ma’lum qilinishicha nomzodlarning murojaati 7 kunlik muddat ichida tekshirib chiqiladi va ularning qonun talablariga muvofiqligi to’g’risida xulosa beriladi. Saylovoldi tashviqoti esa nomzodlarning ro’yhatga olinishi ortidan boshlaydi.

Hozirgi kunda O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi O'zbekiston Prezidentligiga  to’rtta siyosiy partiya tomonidan ko’rsatilgan nomzodlar hujjatini qabul qilgan.  

Markaziy saylov komissiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi raisi Sarvar Otamurotov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi raisi Nariman Umarov, Xalq demokratik partiyasidan  Hotamjon Ketmonov shuningdek Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning rasmiy murojaatlarini qabul qilganligini bildirdi.

O’zbekistonda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni 2016-yilning 4-dekabri kuni o’tkaziladi deb qarorlashtirildi. Saylov qonunchiligiga ko’ra, saylovdan kamida 6 oy oldin Adliya vazirligi tomonidan ro’yhatga olingan siyosiy partiyalar tomonidan ko’rsatilgan nomzodlar, Prezidentlik saylovida ishtirok etish huquqiga egadir.

 

 



Aloqador xabarlar