Toshkentda qirg’iz-o’zbek hamkorligini mustahkamlash masalasi qo’lga olindi

Bu borada kecha O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qirg’iziston elchisi Daniyar Sidikovni qabul qildi.

596304
Toshkentda qirg’iz-o’zbek hamkorligini mustahkamlash masalasi qo’lga olindi

2016-yilning 24-oktabri kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg’iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi TIV rasmiy sayti xabar berdi.

Bo’lib o’tgan suhbat davomida bo’lajak ikki tomonlama uchrashuvlar, jumladan ularning jadvali va dasturi hamda hamkorlikni yana da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.



Aloqador xabarlar