O'zbekistonda 2016 yilda 12 ming namunaviy uy- joy foydalanishga topshirildi

2016 yilda namunaviy loyihalar asosida qurilgan 12 mingdan ortiq shaxsiy uy-joy foydalanishga topshirildi

589426
O'zbekistonda 2016 yilda 12 ming  namunaviy uy- joy foydalanishga topshirildi

2016 yilda namunaviy loyihalar asosida qurilgan 12 mingdan ortiq shaxsiy uy-joy foydalanishga topshirildi

2016 yilning o'tgan 9 oyi mobaynida O'zbekistonning yangi qishloq massivlarida zamonaviy namunaviy loyihalar bo'yicha 12 mingtadan ortiq shinam va qulay shaxsiy uy-joy foydalanishga topshirildi. Bu haqda 13 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini, 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo'nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijadorligini muhokama qilishga bag'ishlangan majlisida ma`lumot berildi.

Aholining daromadlari, turmush darajasi va sifatini uzluksiz oshirish yo'nalishi davom ettirildi. O'tgan 9 oyda o'rtacha oylik ish haqi 12,6 foizga oshgan, joriy yil 1 oktabrdan esa byudjYet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar yana 15 foizga oshirildi. Yangi qishloq massivlarida zamonaviy namunaviy loyihalar bo'yicha 12 mingtadan ortiq shinam va qulay shaxsiy uy-joy foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, «Sog'lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, sog'liqni saqlash tizimi moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish davom ettirilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 6,8 trillion so'mdan ortiq va 150 million AQSh dollari miqdoridagi mablag'lar yo'naltirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Uy- joy , #Shaxiy , #Foydalanish

Aloqador xabarlar