Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayevning yuragidagi muammo jiddiy...

Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev Amerikaning Nyu-York shahriga safari oldidan to’satdan sog’ligi yomonlashgan.

573422
Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayevning yuragidagi muammo jiddiy...

Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev Amerikaning Nyu-York shahriga safari oldidan to’satdan sog’ligi yomonlashgani sababli safarini qoldirdi.

Ma’lum bo’lishicha, Atambayev poytaxt Bishkekdan Istanbulga uchgan va u yerdagi Otaturk Xalqaro aeroportida Nyu-Yorkka uchadigan boshqa samolyotga chiqayotgan paytda o’zini yomon his qila boshlagan.

Darhol doktorlarning tibbiy ko’rigidan o’tkazilgan Atambayevga yuragidagi muammo sababli batafsil davolanishi zarurligi maslahat berilgan.

Ma’lum bo’lganidek, Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev Amerikaning Nyu-York shahrida bo’lib o’tadigan BMT umumiy kengash yig’ilishiga qatnashishi rejalangan edi.

Istanbulda shifoxonaga yotkizilgan Atambayev jiddiy muolaja qilinishi uchun bir muddat doktorlarning nazoratida bo’ladi.

Akipress xabar agentligi prezidentlik matbuot xizmatiga tayanib bergan xabariga ko’ra, Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev bir muddat Turkiyada qolib davolanadi.

Shu sababli, Atambayev Nyu-Yorkda bo’lib o’tadigan BMT Bosh assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok eta olmaydi, uning o’rniga esa, Qirg'iziston delegatsiyasiga Qirg'iziston Tashqi ishlar vaziri Erlan Abullayev boshchilik qiladi.

Eslatma: Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev 17 sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo davlatlarning liderlari ishtirokida 60 yillik yubileyini nishonlagan edi.

 



Aloqador xabarlar