O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilotlarga taklifnoma jo'natdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom hamkorligi tashkilotiga va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasiga O‘zbekistondagi prezidentlik saylovini kuzatishda ishtirok etish uchun rasman taklifnoma yubordi.

573579
O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilotlarga taklifnoma jo'natdi

O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni mamlakatga taklif qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom hamkorligi tashkilotiga va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasiga O‘zbekistondagi prezidentlik saylovini kuzatishda ishtirok etish uchun rasman taklifnoma yubordi.

 Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar beradi.

Ma’lum bo’lganidek, Markaziy saylov komissiyasi Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosiga, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga va Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga O’zbekistondagi prezidentlik saylovini kuzatish uchun taklifnoma jo’natgan.

Aytib o’tish joizki, xalqaro va xorijiy kuzatuvchilarning O‘zbekistondagi prezidentlik saylovini kuzatib borishi butun saylov jarayonining oshkoraligi va ochiqligi tamoyillarini mustahkamlashtirishga, umumiylik, tenglik, erkinlik va yashirin ovoz berish kabi saylovlarning demokratik tamoyillariga rioya etilishiga xizmat qiladi.



Aloqador xabarlar