Toshkent haftanomasi 124-qism

Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig`ilishi bo`lib o`tdi.

498177
Toshkent haftanomasi 124-qism

Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Shu yilning 23-24 may kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog`iston tashqi ishlar vaziri Erlan Idrisov, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdillaev, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining Hududiy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo`mitasi direktori Evgeniy Sisoev ishtirok etdi.

Yig`ilishda "Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan Toshkent deklaratsiyasi loyihasi" hamda kun tartibidagi masalalarga bag`ishlangan bir qator hujjatlar imzolandi.

Shuningdek, tashkilotga Hindiston va Pokistonni qabul qilish masalasini Davlat rahbarlari kengashiga ko`rib chiqish uchun taqdim etishga qaror qilindi.

Muloqot bo`yicha sherik maqomini berish to`g`risida Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja Qirolligi va Nepal bilan memorandumlar imzolanganligi vazirlar tomonidan ma`qullandi.

Vazirlar, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xartiyasi va boshqa asosiy hujjatlariga muvofiq ravishda terrorizm, separatizm, ekstremizm, narkotiklarni noqununiy ishlab chiqarish va tarqatish, transchegaraviy jinoyatchiliklar, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llagan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar, noqununiy migratsiya va odam savdosi vositalariga qarshi umumiy kurashish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish tashkilot doirasidagi hamkorlikning ustuvor vazifalaridan biri bo`lib qolishi takidladi.

Uchrashuvda, shuningdek dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, ularning rivojlanish tendentsiyalari, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkmalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shanxay hamkorlik tashkilotining 15 yilligiga bag`ishlangan Toshkent deklaratsiyasi va Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashi yig`ilishining yakunlari bo`yicha axborot loyihalar hamda Bosh kotib Rashid Alimov tomonidan taqdim etilgan o`tgan yilda tashkilot Kotibiyatining faoliyati to`g`risidagi hisobot tasdiqlandi.

Delegatsiya rahbarlari tashkilot faoliyati va Toshkentda bo`lib o`tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig`ilishiga oid qator masalalar bo`yicha ham qarorlar qabul qilishdi.

Vazirlar Shanxay hamkorlik tashkilotida raislik qilayotgan O`zbekiston tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining Toshkent shahrida o`tkaziladigan yig`ilishiga tayyorgarlik bo`yicha olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berishdi.

Malumki, 23-24 iyun kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammiti bo'lib o'tadi.

        

Islom Karimov Oqsaroyda Sergey Lavrovni qabul qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24 may kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

Uchrashuvda O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi ko`p tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqboli, xalqaro siyosatga doir dolzarb masalalar muhokama etildi.

İslom Karimov Rossiya tashqi ishlar vazirini qutlar ekan, joriy yilning aprel oyida Moskvada o`tgan oliy darajadagi O`zbekiston – Rossiya muzokaralari yakunlariga yuksak baho berdi va bu barcha yo`nalishlarda o`zaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilishini ta`kidladi.

Tomonlar 2015-2019 yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo`nalishlariga oid bitim doirasida raqobatbardosh va xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha yangi investitsiyaviy loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan manfaatdor ekani ta`kidlandi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri samimiy qabul va o`zaro munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniyati uchun Prezidentimizga minnatdorlik izxor etdi.

Lavrov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi xususida o`z fikrini bildirar ekan, O`zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga samarali raisligi Toshkent sammitining muvaffaqiyatli o`tishini ta`minlashiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvda O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirishning boshqa istiqbolli yo`nalishlari bo`yicha ham fikr almashildi.

         18-20 may kunlari Toshkentda "O`zbekiston neft va gazi - 2016" xalqaro ko`rgazmasi bo'lib o'tdi.

Unda 26ta mamlakatdan 200ga yaqin kompaniya o`z mahsulot va xizmatlarini namoyish qildi.

"O`zekspomarkaz" pavilonlaridan neft va gaz qazib olish, qayta ishlashni jadallashtirish imkonini beradigan zamonaviy texnologiyalar, jahonning etakchi neft-gaz kompaniyalari neft va gazni tashish texnologiyalari, neft-gaz konlarini qidirish va o`zlashtirish, geodinamika, geofizika hamda uglevodorod salohiyatiga oid ishlanmalar bo`yicha o`zlari erishgan eng so`nggi yutuqlarni namoyish etildi.

Neft-gaz forumi doirasida "O`zbekiston neft-gaz tarmog`i: texnologiyalar, investitsiyalar va taraqqiyot" mavzuida xalqaro konferentsiya o`tkazildi.

Konferetsiya ishida Xalqaro gaz ittifoqi bosh kotibi Pol Rasmussen va Evrokomissiyaning energetika bo`yicha rais birinchi o`rinbosari Marosh Shefchovich ishtirok etdi.

Kun tartibiga qo`yilgan masalalar - neft-gaz loyihalarini amalga oshirishda xalqaro hamkorlikning tutgan o`rni, 2016-2020 yillarda O`zbekistonning neft-gaz sohasi rivojlanishidagi ustuvor yo`nalishlar, gaz xalqaro bozorining taraqqiyot tendentsiyalari masalalari xususida so'z yuritilgan xalqaro forumda, mamlakat neft-gaz sanoatining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari, uglevodorod bazasini kengaytirish omillari, sohadagi yangi tendentsiyalar, O`zbekiston neft-gaz sohasining sarmoyaviy salohiyati, bu boradagi xalqaro hamkorlik, muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari va energiya samaradorligini oshirish usullari kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Konferetsiya ishida Xalqaro gaz ittifoqi bosh kotibi Pol Rasmussen va Evrokomissiyaning energetika bo`yicha rais birinchi o`rinbosari Marosh Shefchovich ishtirok etib so'zga chiqdi.

           

Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xvan Gyo An 20-21 may kunlari rasmiy tashrif bilan O'zbekistan'da bo'ldi.

Xvan Gyo An, O`zbekistonga tashrifi doirasida Prezident Islom Karimov tomonidan qabul qilindi, xamda mamlakat bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog'ida İslom Karimov, ushbu tashrif muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi samarali muloqotlarning mantiqiy davomi bo`lib, o`zaro savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishini ta`kidladi.

Uchrashuv chog`ida neft-gaz sohasi, transport infratuzilmasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni birgalikda tayyorlash va amalga oshirishga doir masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tomonlar kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika, mashinasozlik sanoati va boshqa sohalarda yangi ishlatmalar tashkil etish, O`zbekistonda davlat ishlatmalari va aktivlarini xususiylashtirish jarayonida janubiy koreyalik investorlar ishtirokini kengaytirish masalalarini ham ko`rib chiqdilar.

Xvan Gyo An samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, Koreya Respublikasi O`zbekiston Respublikasi bilan o`zaro manfaatli va keng ko`lamli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik hamda moliyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta`kidladi.

Shu kuni, Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xvan Gyo Anning O`zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev bilan rasmiy uchrashuvi xam bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda O`zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligining bugungi holati va istiqboliga oid keng ko`lamli masalalar muhokama qilindi. Tomonlar o`zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, muzokaralarda ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib, o`zaro hamkorlik ko`lami barcha sohalarda kengayib borayotgani alohida ta`kidlandi.

Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xvan Gyo An Janubiy Koreyada O`zbekiston bilan  munosabatlarni kengaytirishga ustuvor yo`nalish sifatida qaralishini alohida qayd etdi.

Shu kuni O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Bosh vazirlari Toshkentda Koreys madaniyati va san`ati uyi qurilishi ishlarining boshlanishiga bag`ishlangan marosimda ishtirok etdi.

Xvan Gyo An tashrifi doirasida shuningdek, Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo`lib, Sohibqiron va uning avlodlari haqida hikoya qiluvchi noyob eksponatlar bilan tanishdi.

Xvan Gyo An va Shavkat Mirziyoev, 21 may kuni shuningdek O`zbekiston va Janubiy Koreya shirkatlari xamkorligida Qoraqalpog`istondagi Surg`il koni negizida barpo etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi yakunlanishi va uning ishga tushirilishiga bag`ishlangan marosimda ishtirok etdi.

   

 


Tanlangan kalimalar: #Toshkent , #Haftanomasi , #O'zbekiston , #Rossiya

Aloqador xabarlar