Anqarada, o'z vatanidan badarg'a qilingan qrim tatarlari yodga olindi

Anqarada, o’z vatanidan 72 yil muqaddam badarg’a qilingan qrim tatar xalqi yodga olindi. Bu borada “motam mitingi” uyushtirildi.

491315
Anqarada, o'z vatanidan badarg'a qilingan qrim tatarlari yodga olindi

Anqarada, o’z vatanidan 72 yil muqaddam badarg’a qilingan qrim tatar xalqini yodga olish maqsadida “motam mitingi” uyushtirildi.

Qrim tatar tashkilotlari platformasi tomonidan uyushtirilgan miting uchun Turkiyaning turli viloyatlaridan kelgan ko’plab qrim turklari, Otaturk nomidagi Madaniyat markazida yig’ildilar.

Qrim, Ukraina va Turk bayroqlari kotargan guruhlar turli shiorlar ostida Otaturk Madaniyat markazidan Onado’li maydoniga qadar yurib keldilar. Miting ishtirokchilari miting maydoniga, kuchli xavfsizlik choralari ko'rilgan tekshiruv nuqtalari orqaligina kira oldilar.  

Turk va qrim shahidlari uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlagan mitingda, Turkiya va Qrim miliy madhiyalari ham aytildi. Duolar ortidan esa, qrim tatar qo’shiqlari ijro etildi.

Qrim jamiyati rahbari Tunjer Kalkay o’z so’zida, Rossiya tomonidan 72 yil avval amalga oshirilgan bosimlarning bugungi kunda ham, mintaqada davom etayotganligini aytib o’tdi.

Ukrainaning nohaqlarcha ishg’ol qilinishiga qarshi chiqqan Qrim tatarlari kurashining davom etishini ta’kidlagan Kalkay, mana shu kurashda Qrim tatarlaridan o’z yordamini ayamagan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Ukrainaning Anqaradagi elchisi Sergey Korsunsky ham,”Qrimning ishg’ol qilinishiga to’siqlik qilolmaganimiz uchun haligacha uyalaman. Qrimni qutqaradigon kunlarimiz judayam yaqindir” dedi.       


Tanlangan kalimalar: #qrim tatar , #motam mitingi , #badarg'a , #Anqara

Aloqador xabarlar