Qrim Tatar Milliy majlisi rahbari Refat Chubarov vaziyatdan havotirda...

Refat Chubarov:"Rossiya sudi tomonidan Qrim Tatar Milliy majlisining ekstremist tashkilot ro’yxatiga olinib, faoliyatlarini cheklash to’g’risidagi qaror qonunga hilof",-dedi.

479196
Qrim Tatar Milliy majlisi rahbari Refat Chubarov vaziyatdan havotirda...

Qrim Tatar Milliy majlisi rahbari Refat Chubarov Rossiya sudi tomonidan Qrim Tatar Milliy majlisining ekstremist tashkilot ro’yxatiga olinib, faoliyatlarini cheklash to’g’risida qaror olingani qonunga hilof ekanini ma’lum qildi.

Chubarov matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, rus prokurorning murojaati natijasida olingan bunday qarordan so’ng, Qrim Tatar Milliy majlisida favqulodda holat e’lon qilingan.

Chubarov: “Qrim Tatar Milliy majlisi tomonidan vaqtinchalik olingan qarorga binoan, majlis a’zolari va Qrim Tatar Milliy qurultoyi tomonidan saylangan organlarning faoliyati Qrim Tatar Milliy majlisi raisi tomonidan boshqariladi va Kiyev shahri Qrim Tatar Milliy majlisining markazi deb qabul qilinadi”,-dedi.

Qolaversa, Yevropa Ittifoqi ham Rossiyaning Qrim ishg’oli va Qrimdagi davlat organlariga nisbatan zo’ravonlik kabi holatlarni qoralamoqda.

Jumladan, Yevropa kengashi bosh kotibi Thorbjorn Jaglandning fikricha, Qrim Tatar Milliy majlisining faoliyatlarini cheklash barcha Qrim tatarlariga nisbatan tahdid demakdir.

Rossiya sudining bu qaroridan havotirda ekanini tilga olgan Jagland: “Tegishli rahbarlarni bu qarordan voz kechishga chaqiraman”,-dedi.

Yevropa Kengashi deputatlar majlisi raisi Pedro Agramunt ham bu vaziyatdan havotirda ekanini bildirib, Rossiya rahbarini bu qarordan qaytarish uchun zarur choralarni ko’rishga chaqirdi.



Aloqador xabarlar