Ozarbayjon Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga dialogdagi hamkor davlat sifatida qabul qilindi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammedyarov bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov o'rtasida mavzuga doir shartnoma imzolandi.

450667
Ozarbayjon Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga dialogdagi hamkor davlat sifatida qabul qilindi

Ozarbayjon Respublikasi Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga dialogdagi hamkor davlat sifatida qabul qilindi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammedyarov bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov o'rtasida mavzuga doir shartnoma imzolandi.

Mazkur shartnoma asosida Ozarbayjon bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti o'rtasida terrorizmga qarshi kurash, transport, energiya, qishloq-xo'jaligi, xavfsizlik kabi sohalar bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yilishi rejalanmoqda.

1996-yilda tashkil topgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga Rossiya, Xitoy, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston Respublikalari a'zo bo'lgan.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining kuzatuvhi davlatlari safiga Hindiston, Eron, Moʻgʻuliston, Pokiston, Afg'oniston kiradi.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining dialog hamkori davlatlari safiga esa, Ozarbayjon, Belorusiya, Armaniston, Kambodja, Shri Lanka va Turkiya kiradi.



Aloqador xabarlar