Kelgusi oyda Marg`ilonda "Atlas bayrami" festivali o`tkaziladi.

Kelgusi oyda Marg`ilonda “Atlas bayrami” festivali o`tkaziladi.

322155
Kelgusi oyda Marg`ilonda "Atlas bayrami" festivali o`tkaziladi.

Kelgusi oyda Marg`ilonda “Atlas bayrami” festivali o`tkaziladi.
Shu yilning 10-12 sentyabr kunlari Marg`ilon shahrida, shahar xokimligi tashabbusi bilan UNESCO'ning O`zbekistondagi vakolatxonasi, O`zbekiston Respublikasi UNESCO ishlari bo`yicha Milliy komissiyasi va Ҳalq ustalari, musavvirlari va xunarmandlari Respublika “Xunarmand” uyushmasi bilan xamkorlikda "Atlas bayrami" festivali o`tkaziladi.
Festival doirasida UNESCOning O`zbekistondagi vakolatxonasi va Respublika "Xunarmand" uyushmasi bilan xamkorlikda Respublikada faoliyat ko`rsatayotgan ipakli mato to`quvchilar, kashta tikuvchilar, gilam to`quvchilar, milliy qo`g`irchoq yasovchilar, milliy matolardan libos yaratuvchi xunarmandlar o`rtasida eng yaxshi ekologik toza maxsulot va an`anaviylikni saqlagan maxsulotlarni aniqlovchi "Sifat belgisi" ko`rik tanlovi, Marg`ilon “Markaziy istiroxat bog`i”da xunarmandlar ko`rgazmasi tashkil qilinadi.
Festival doirasa shuningdek, shahardagi kasb-xunar kolleji o`quvchilari va yosh xunarmandlarga malakali xunarmandlar, Janubiy Koreyadan 6 nafar mutaxassis, UNESCO'ni O`zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taklif etilayotgan Bangladeshlik dizayner Bibi Rassel tomonidan "master klass" va milliy matolardan yaratilgan liboslar namoyishi o`tkaziladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar