O`zbekiston-Tojikiston hukumatlararo hamkorligi...

Toshkentda O`zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasining yig`ilishi o`tkazildi.

325587
O`zbekiston-Tojikiston hukumatlararo hamkorligi...

Toshkentda O`zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasining yig`ilishi o`tkazildi.
O'tgan xaftada Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida O`zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o`rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.
Tadbirda ikki mamlakatning iqtisodiyot, bank-moliya, savdo-sanoat, sarmoya, bojxona, transport va transport kommunikatsiyalari, aviatashuv, elektrotexnika, mashinasozlik, engil sanoat, qishloq xo`jaligi sohalari bo`yicha vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so'z olgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, komissiya hamraisi Rustam Azimov ikki mamlakat o`rtasidagi iqtisodiy hamkorlik rivojlanib borayotganini alohida ta`kidladi.
Tadbirda mamlakatlar o`rtasidagi hamkorlikni yangi marralarga olib chiqish uchun ikki tomon ham ulkan imkoniyatlarga ega ekani qayd etildi. O`zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish va turini kengaytirish, yuklarni tashish, tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida hamkorlikni rivojlantirish, qo`shma ishlatmalarni ko`paytirish masalalari muhokama qilindi.
Majlisda so'z olgan Tojikiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, komissiya hamraisi Davlatali Said, O`zbekiston Tojikistonning eng muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan ekanligini ta'kidladi.
Davlatali Said o'z nutqida, "O`zbekiston – Tojikiston qo'shma komissiyasi majlislari o`zaro savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishga, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini kashf etish va biznes borasida tajriba almashishga xizmat qilmoqda. O`zbekiston bilan, fan va texnika, ta`lim, transport va transport kommunikatsiyalari, qishloq xo`jaligi sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdormiz", – dedi.
Ma'lumki, ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar 1996 yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o`rtasida erkin savdoga oid bitim asosida izchil rivojlanmoqda. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi doirasida imzolangan Erkin savdo zonasi to`g`risidagi shartnoma ham bu yo`nalishdagi hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilmoqda.
2014 yil yakunlari bo`yicha o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 160 million AQSh dollarini tashkil qildi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar