Notadan bexabar bo'lsalar da sahnaga chiqdilar

Virtuoz ijodkor İslom Manafov, notadan bexabar bo'lsalar da musiqa shaydolarini sahnaga chaqirdi

155422
Notadan bexabar bo'lsalar da sahnaga chiqdilar

Musiqa shaydolari bolalar va yoshlar, notadan bexabar bo’lsalar-da mashhur piyanist bilan sahnaga chiqdilar.
Ular birinchi musiqa sayohatida virtuoz ijodkor İslom Manafov bilan birga edilar.
İstanbulda joylashgan Jemal Reshid Rey nomidagi kontsert zali bu gal eshigini bolalarning musiqa ta’limi uchun ochdi.
Ozarbayjonli mashhur piyansit İslom Manafov sahnada edi.
Manafov musiqa shaydosi bolalar bilan yoshlarni avvalo orkestr bilan keyin esa ularning instrumentlari bilan tanishtirdi. Bolalarni sahna bilan tanishtirishning o’zi alohida quvonch bahsh etishini taqidlab o’tgan ijodkor Manafov, “Sahnaga nechta bola sig’sa hammasini olishga harakat qilyapmiz. Bundan g’oyat mamnunmiz. Har bir bola instrumentga qo’l suryapti” dedi.
Musiqaga bo’lgan qiziqishi yana-da ortgan bolalarning yuzidan ham tabbassum hech arimadi.
Bolalar va yoshlarning musiqa madaniyatini rivojlantirish maqsadida uyushtirilgan tadbir bepul olaroq moy oyigacha davom etadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar