Astanada Shanghay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’plandi

Yig’ilishga Xitoy Bosh vaziri Li Kichiang, Rossiya Bosh vaziri Dimitriy Medvedev, Qozog’iston Bosh vaziri Karim Massimov, Qirg’iziston Bosh vaziri Joomart Otorbayev, Tojikiston Bosh vaziri Kokhir Rasulzoda va O’zbekiston Bosh vazir o’rinbosari Rustam Azimov ishtirok etmoqda.

149260
Astanada Shanghay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’plandi

Qozog’istonning poytaxti Astanada Shanghay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to’plandi.
Qozog’istondagi Mustaqillik saroyida bo’lib o’tadigan yig’ilish oldidan Xitoy Bosh vaziri Li Kichiang, Rossiya Bosh vaziri Dimitriy Medvedev, Qozog’iston Bosh vaziri Karim Massimov, Qirg’iziston Bosh vaziri Joomart Otorbayev, Tojikiston Bosh vaziri Kokhir Rasulzoda, O’zbekiston Bosh vazir o’rinbosari Rustam Azimov o’zaro uchrashuv amalga oshirdi.
Qozog’iston Bosh vaziri Karim Massimov bilan Shanghay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Dmitriy Mezentsev yig’ilishda olingan qarorlarni mushtarak matbuot anjumanida e’lon qiladi.
1996 yili Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston tomonidan tashkil topgan Shanghay hamkorlik tashkilotiga 2001 yili O’zbekiston Respublikasi ham a’zo bo’ldi.
A’zo davlatlar o’rtasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, terrorizm, bo’lginchilik, giyohvand moddalarga qarshi mushtarak kurash olib borish hamda iqtisodiy hamkorlik, energiya hamkorligi, ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish tashkilotning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Jahon neft ishlab chiqarish va undan unumli foydalanish imkoniyatining yarmidan ko’piga ega bo’lgan davlatlar ishtirokida tuzilgan tashkilot tarkibida Hindiston, Eron, Mo’g’uliston va Pokiston Respublikalari kuzatuvchi davlat sifatida o’rin olmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar