Turkiyzabon Davlatlar Parlament a’zolari Assambleyasi Bakuda...

Turkiyzabon Davlatlar Parlament a’zolari Assambleyasining 5-Umumiy kengash yig’ilishiga qatnashgan Jemil Chichek Ozarbayjon Majlis raisi Oktay Esedov bilan uchrashdi.

92416
Turkiyzabon Davlatlar Parlament a’zolari Assambleyasi Bakuda...

Turkiya Oliy majlis raisi Jemil Chichek Ozarbayjonning poytaxti Bakuga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Turkiyzabon Davlatlar Parlament a’zolari Assambleyasi TURKPA ning 5-Umumiy kengash yig’ilishiga qatnashish uchun Ozarbayjonga jo’nab ketgan Jemil Chichek Ozarbayjon Majlis raisi Oktay Esedov bilan uchrashdi.
Bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiyzabon Davlatlar Parlament a’zolari Assambleyasining faoliyatlari ko’zdan kechirildi.
Jemil Chichek Turkiyaning davr rahbarligi mobaynida o’tgan davrni sarhisob qildi.
Qolaversa, ikki davlat o’rtasida iqtisodiyot va energiya sohalaridagi aloqalar ham ko’zdan kechirildi.
Ozarbayjon bilan Turkiya o’rtasidagi 2 milliard dollarlik tijorat hajmining yetarsiz ekanligi qayd etildi.
Energiya loyihalarining ahamiyatiga to’xtalgan Jemil Chichek, ikki davlat o’rtasida amalga oshirilgan loyihalar yaqinda Yevropa energiya haritasini o’zgartirishini aytib o’tdi.
Jemil Chichek Ozarbayjon bilan Turkiya o’rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash jihatidan muhim ekanligini ta’kidladi.
Chichek safari chog’ida Qozog’iston Majlis raisi Kabibulla Dzhakupov va Qig’iziston Majlis raisi Asilbek Jimbekov bilan uchrashdi.
Turkiya TURKPAning 5-Umumiy kengash yig’ilishi chog’ida davr rahbarlik mas’uliyatini Ozarbayjonga topshiradi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar