Tarixda bugun 26.12.2020

Turkiya va dunyo tarixida 26 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

1552452
Tarixda bugun 26.12.2020

1898 - yilning 26 - dekabri kuni Per va Mariya Kyuri, radiy elementini kashf etdi. Bu kashfiyot ularning 1903 - yili Fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishiga yo‘l ochib berdi.

 

1982 - yilning 26 - dekabri kuni “Time” jurnali personal kompyuterni “Yil odami” deb e’lon qildi. Bunday nom ushbu jurnalga asos solinganidan beri birinchi marotaba odamga emas jonsiz narsaga, balki mashinaga berilayotgandi.

 

2004 - yilning 26 - dekabri kuni Indoneziyaning Sumatra orolining g‘arbida Hind okeani tubida 9.1 magnitudali yer silkinishi kuzatildi. Osiyodagi 13 mamlakatga ta’sir qilgan ushbu voqea va ortidan yuz bergan tsunami qariyb 283 ming kishining umriga zomin bo‘ldi. Faqatgina Indoneziyada 128 ming kishi halok bo‘ldi. Yer silkinishi oxirgi asrning eng og‘ir yer silkinishi sifatida tarix sahifalaridan o‘rin oldi.



Aloqador xabarlar