Tarixda bugun 24.11.2020

Turkiya va dunyo tarixida 24 - noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

1533452
Tarixda bugun 24.11.2020

1859 – yilning 24 – noyabri kuni britaniyalik olim Darvinning olimlar bilan diniy tashkilotlar o‘rtasida qattiq bahsga yo‘l ochgan “Turlarning kelib chiqishi” deb nomlangan asari chop etildi. Darvin unda, “evolyutsiya nazariyasini” birinchi marotaba o‘rtaga qo‘ydi.

 

 

1928 – yilning 24 – noyabri kuni Turkiyada “Xalq maktablari” qurilish qonunlari chop etildi. Mustafa Kemal Ataturkning “Bosh o‘qituvchilik”ni qabul qilgan kun 24 – noyabr, Ataturknnig tavallud topishining 100 – yili hurmatiga 1981 – yildan e’tiboran Turkiyada, “O‘qituvchilar kuni” deb nishonlana boshladi.

 

1934 – yilning 24 – noyabri kuni Prezident Mustafa Kemal Ataturk, TBMM da qabul qilingan qonunga muvofiq “Ataturk” degan familiya oldi. Qonunda “Ataturk” degan familyaning faqatgina G‘oziy Mustafa Kemal tomonidan foydalanilishiga ruxsat berildi.

 

2017 – yilning 24 – noyabri kuni Misrning al – Arish shahrida bir jome’ masjidiga qarshi al – Qoida a’zosi terroristlar tomonidan hujum uyushtirildi. Hujumda 305 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.



Aloqador xabarlar