Tarixda bugun 21.11.2020

Turkiya va dunyo tarixida 21 - noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

1531685
Tarixda bugun 21.11.2020

1900 - yilning 21 – noyabri kuni yahudiylarning Falastinga ko‘chib, ana shu yerda  yashamasliklari uchun O‘smoniy hukumati turli xil choralarni ko‘rdi. Shu asosda mamlakat tashqarisidan kelgan yahudiylarning pasportlari berilib,  eng ko‘p 3 oy Falastinda qolishlariga ruxsat bergan va “Kirmizi Tezkere” deb nolangan maxsus dastur joriy etildi.

 

1905 – yilning 21 – noyabri kuni Albert Eynshteynning energiya va massa o‘rtasidagi ekvivalentni aniqlovchi mashhur E = mc2 formulasi haqidagi ishlari Germaniyaning “Annalen der fizika” deb nomlangan nufuzli jurnalida chop etildi.

 

2002 - yilning 21 - noyabri kuni NATO birinchi marotaba sobiq Varshava pakti mamlakati Chexiya poytaxti Pragada sammit o‘tkazdi. Unda sobiq Varshava shartnomasi a’zolaridan Litva, Latviya, Estoniya, Bolgariya, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniyaning NATO tarkibiga kirishi tasdiqlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Kirmizi Tezkere , #Albert Eynshteyn , #NATO

Aloqador xabarlar