Tarixda bugun 12.11.2020

Turkiya va dunyo tarixida 12 - noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

1526574
Tarixda bugun 12.11.2020

1900 – yilning 12 – noyabri kuni Xalqaro Parij ko‘rgazmasiga kelganlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi. Qariyb 50 million kishi tashrif buyurgan yarmarkaga, qatorida O‘smoniy imperatorligi ham o‘rin olgan davlatlardan 76 mingdan ortiq ishlab chiqaruvchi ishtirok etdi. Kinofilm va eskalatorlar katta qiziqish uyg‘otdi.  

 

1969 – yilning 12 – noyabri kuni amerikalik Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lgan jurnalist Seymur Xersh, Vetnamdagi ommaviy qirg‘inini oshkor qildi. Qatliomda amerikalik askarlar 500 ga yaqin tinch aholini, jumladan bolalar va ayollarni o‘ldirgandi. 

 

1998 – yilning 12 – noyabri kuni Turkiyaning kuzatuvi natijasida Rossiyadan Italiyaga qochgan PKK terror tashkiloti to‘daboshi Abdullah O‘jalan, Rim aeroportida soxta parpost bilan qo‘lga tushdi.

 

1999 – yilning 12 – noyabri kuni 17 – avgustdagi yer silkinishini yengishga urinayotgan Turkiya Bolu, Duzje va Kaynashlida yana bir bor 7.2 magnitudali yer silkinishiga uchradi. Unda 15 mingdan ortiq bino yiqildi, 845 kishi halok bo‘ldi va 4 ming 948 kishi tan jarohati oldi. 

 



Aloqador xabarlar