Tarixda bugun 05.09.2020

Turkiya va dunyo tarixida 05 - sentabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1484884
Tarixda bugun 05.09.2020

1785 – yilning 5 – sentabri kuni O‘rta yer dengizidagi O‘smoniy portlariga kirib, savdo – sotiq ishlari yuritmoqchi bo‘lgan Amerika kemalari va fuqarolari uchun AQSh bilan O‘smoniy imperatorligi o‘rtasida shartnomaga qo‘l qo‘yildi. Ushbu shartnoma orqali AQSh, har yili O‘smoniy davlatiga 21 ming 600 AQSh dollari soliq to‘lashni qabul qildi. Muddati esa 29 yil deb belgilab olindi.

1914 – yilning 5 – sentabri kuni Birinchi Jahon urushidagi eng qonli jang sifatida tanilgan "Marne jangi" boshlandi. Fransiya - Germaniya front chizig‘ida 2 million askar bir – biriga qarshi urushgan jangda 6 kunda qariyb 100 ming askar jon berdi. 

1972 – yilning 5 – sentabri kuni Falastin qurolli jangarilari 1972 yil yozgi Olimpiada o‘yinlari uchun Myunxenga kelgan isroil karvoniga qarshi o‘q uzdilar. Unda sportchilardan biri vafot etar ekan, 9 sportchi garovga olindi. Germaniya politsiyasi va falastinlik jangarilar o‘rtasidagi kelib chiqqan to‘qnashuvda garovga olingan 9 kishi, 4 falastinlik jangari va 1 politsiyachi halok bo‘ldi. 



Aloqador xabarlar