Tarixta bugun 29.08.2020

Turkiya va dunyo tarixida 29 - avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1481173
Tarixta bugun 29.08.2020

1526 – yilning 29 – avgusti kuni Qonuniy Sulton Sulaymon qo‘mondonligidagi O‘smonli armiyasi Vengriya armiyasini Mohach jangida mag‘lubiyatga uchratdi. Urushda Vengriya Qiroli Layosh II vafot etar ekan Vengriyaning buyuk bir qismi O‘smonli hukmronligi ostiga o‘tdi. 

1756 – yilning 29 – avgusti kuni Prussiya Qiroli Frederik II ning Saksoniyaga qarshi hujum uyushtirishi natijasida Yevropada Yetti yillik urush boshladi. 

1915 – yilning 29 – avgusti kuni “Kasablanka” filmi orqali butun dunyoga tanilgan shved aktrisasi Ingrid Bergman, Shvetsiyda dunyoga keldi. Bergman 67 yoshida Londonda vafot etdi.

2005 – yilning 29 – avgusti kuni Katrina dovuli AQShning janub qismini yer bilan yakson qildi. Dovul 1836 kishining umriga zomin bo‘lar ekan undan tashqari 115 milliard dollarlik moddiy ziyonga yo‘l ochdi.  



Aloqador xabarlar