Tarixda bugun 14.07.2020

Turkiya va dunyo tarixida 14 - iyul kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1454560
Tarixda bugun 14.07.2020

1789-yilning 14-iyul kuni Fransiyada xalq qirollikka qarshi qozg‘olon ko‘tardi va Parijdagi Bastilla qamoqxonasini bosib, u yerdagi siyosiy mahbuslarni ozod etdi. Fransuz inqilobining boshlang‘ichi hisoblangan 14 – iyul bosqini Fransiyada, “Bastilla kuni” degan nom ostida nishonlanmoqda.

1942 – yilning 14 – iyuli kuni nomi Otaturk tomonidan berilgan Istanbuldagi “Tashkizak” kemasozlik verfida qurilgan “Atilay” suv osti kemasi Chanoqqal’ada mashg‘ulot chog‘ida suvga cho‘kib ketdi. Birinchi Jahon urushidan qolgan minaga urilganligi aniqlangan kemada 39 turk dengizchi shahid bo‘ldi. 

1959 – yilning 14 – iyuli kuni Iroqning Kerkuk shahrida kurd millatiga mansub guruhlar qurolsiz tinch aholiga, turkmanlarga hujum qildi. Roppa – rosa 3 kun davom etgan qatliom chog‘ida qariyb 30 turkman o‘ldirildi, yuzlab kishi esa tan jarohati oldi. Turkiyaning aralashuvi natijasida Iroq hukumati qatliomga kirishgan 260 kishini nazorat ostiga oldi va ulardan 28 nafari o‘lim jazosiga mahkum qilindi.

1983 – yilning 14 – iyuli kuni Turkiyaning Bryusseldagi elchixonasining idoriy atteshesi Dursun Akso‘y, arman terroristlarning qurolli hujmi natijasida shahid bo‘ldi. Suiqasdni, ular orasida ASALA ham o‘rin olgan 3 arman terror tashkiloti o‘z bo‘yniga oldi.


Tanlangan kalimalar: #Atilay , #Kerkuk , #Dursun Akso‘y

Aloqador xabarlar