Tarixda bugun 08.02.2020

Turkiya va dunyo tarixida 8-fevral kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1355434
Tarixda bugun 08.02.2020

1904-yilning 8-fevrali kuni Yaponiyaning Harbiy - dengiz kuchlari qo’mondonligi kutilmaganda Port Arthurga hujum uyushtirib, Rossiya flotini yo'q qildi. Ushbu hujumdan keyin Rossiya va Yaponiya o'rtasida 1,5 yillik urush boshladi.

                  

1935-yilning 8-fevrali kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisining 5-davr saylovlarida turk ayoli birinchi marotaba saylash va saylanish huquqidan foydalandi. Birinchi marotaba ayol kishilardan 17 deputat TBMMdan o’rin oldi. Oraliq saylovlar orqali bu raqam 18 nafarga chiqdi. 

                  

1963-yilning 8-fevrali kuni Iroqda “Baas” to’ntarishi yuz berdi. 1958-yili qirol Faruk II ning o’ldirilishi bilan natijalangan to’ntarish orqali mamlakatda yetakchilikni qo’lga kiritgan Bosh vazir Abdulkarim Qosim, to’ntarishchi ofitserlar tomonidan uyushtirilgan voqea oqibatida hukmronlikdan chetlatilib, o’ldirildi.

                  

1989-yilning 8-fevrali kuni Charter safaridagi yo’lovchi uchoqlaridan biri Portugaliyaning Azor orollariga quladi. Undagi 144 kishi jon berdi.

                  

 


Tanlangan kalimalar: #Port Arthur , #turk ayoli , #Baas , #Azor orollari

Aloqador xabarlar