Tarixda bugun 06.02.2020

Turkiya va dunyo tarixida 6-fevral kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1354327
Tarixda bugun 06.02.2020

1952-yilning 6-fevrali kuni Elizabeth II otasi qirol George VI ning vafoti ortidan Britaniya qirolichasi deb e’lon qilindi. Qirolicha Elizabeth II, 2015-yilning 9-sentabrida qirolicha Viktoriyaning rekordini ortda qoldirib Britaniya tarixining eng uzoq taxtda qolgan va dunyo tarixida eng uzoq hukmronlik qilgan qirolichasi degan nomga ega bo’ldi.

                  

1958-yilning 6-fevrali kuni Munih aeroportida yuz bergan uchoq falokatida 23 kishi jon berdi. Ular orasida Manchester United jamoasi ham bor edi ve jamoaning 7 o’yinchisi ham jon berganlar ro’yhatiga kiritildi. 

                  

1983-yilning 6-fevrali kuni Ikkinchi Jahon urushida “Lion qassobi” degan nom bilan tanilgan Gestapo qo’mondoni Klaus Barbie, qo’l urgan jinoyatlari yuzasidan Fransiyada Sud oldiga chiqarildi. Barbie bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi. 

                  

2004-yilning 6-fevrali kuni Moskva metrosida portlash yuz berdi. Terror hujumi ekanligi aniqlangan voqeada 40 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 129 kishi tan jarohati oldi. 

                  


Tanlangan kalimalar: #Munih aeroporti , #Gestapo , #Moskva metrosi

Aloqador xabarlar