Tarixda bugun 29.01.2020
1923 yili 29 yanvarda Turkiya hududida yashagan rumlar va Yunonistonda yashagan turklar yer almashishlarini ta’min etish maqsadi bilan Turkiya va Gretsiya o'rtasida Lozanna xalqlar almashinuvi to'g'risidagi bitim imzolandi.

1923 yili 29 yanvarda Turkiya hududida yashagan rumlar va Yunonistonda yashagan turklar yer almashishlarini ta’min etish maqsadi bilan Turkiya va Gretsiya o'rtasida Lozanna xalqlar almashinuvi to'g'risidagi bitim imzolandi. Shartnoma 1924 yili 6-avgustda kuchga kirdi taxminan 1 millionga yaqin rum Gretsiyaga ko’chish majburiyatida qoldi. 500 minga yaqin turk ham Turkiyaga hijrat qilishga majbur bo'ldi. Turkiyada Istanbul, Go’cheada va Bozjaada shaharlarida yashagan rumlar Yunonistonda esa G’arbiy Frakiyada yashagan turklar almashuvdan ozod qilindi.
1988 yil 29 yanvarda Yunoniston Oliy sudi "G'arbiy Frakya Turk o'qituvchilar uyushmasi" va "Gumuljine turk yoshlari ittifoqi" ni yopishga qaror qilganidan so'ng, 20 mingdan ortiq G'arbiy Frakya turki norozilik namoyishi o’tkazdi. Yunoniston politsiyasi xodimlari namoyishchilarga shafqatsiz kuch bilan aralashdi. Sodir bo’lgan voqealarda o'nlab turk jarohatlandi. Bu kun u yildan beri G'arbiy Frakiya turklari tomonidan "Milliy qarshilik kuni" sifatida tanilgan
2009 yili 29 yanvarda Bosh Vazir Rajap Tayyip Erdo’g'an Davos Sammitida Turk diplomatiyasi tarixida “One Minute” "Bir daqiqa" deb nomlagan. Erdo’g'an Falastin xalqiga qarshi Isroil davlatining zo'ravonligini tanqid qilar ekan, ma’ruzasini to’xtatmoqchi bo’lgan va panelga ishtirok etgan Isroil prezidenti Shimon Peresga yana ko'proq gaplashish haqi berilishiga norozilik ko’rsatdi. Bosh vazir Erdo’g'an, Peresga qarab "Siz o'ldirasiz siz buni yaxshi bilasiz "va" Davos men uchun tugadi "deya yig'ilishni tark etdi.
Aloqador xabarlar

Tarixda bugun 31.12.2020
Turkiya va dunyo tarixida 31 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

Tarixda bugun 30.12.2020
Turkiya va dunyo tarixida 30 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.